Foto: The GuardianBrighton Beach: Bruklindagi sog‘inch manziliMuallif hikoyani AQShning Nyu-York shtati, Nyu-York shahri, Bruklin tumanida joylashgan mashhur Brighton Beach hududidan boshlaydi. Bu joy postsovet muhojirlari orasida “Kichik Odessa” nomi bilan tanilgan.“Brighton Beach’dagi “Toshkent Supermarket”iga borganimda, deyarli yurishga joy yo‘qligiga guvoh bo‘ldim,” — deya gap boshlaydi jurnalist.Do‘kon gavjum. Rastalar oralig‘ida Markaziy Osiyodan kelgan, yuzlarida tanish jiddiylik aks etgan odamlar shoshilinch harakatlanishadi. Ular milliy taomlarni — manti, chak-chak, kompotni xarid qilishga oshiqadi.Foto:  The GuardianMuallif do‘kondagi taomlarning har biriga alohida to‘xtalib, ularga batafsil ta’rif beradi: manti — ichiga qiymalagichdan o‘tkazilgan mol go‘shti, piyoz va xohishga qarab qovoq solinadigan, murakkab shaklli chuchvara;chak-chak — asal siropi bilan yopishtirilgan, tillarang ranggacha qovurilgan mayda xamir bo‘laklari;kompot — mavsumiy yoki quritilgan mevalardan tayyorlanadigan ichimlik.Bolalik xotiralari: Osiyodan kelgan ta’mAliya Utayeva do‘kon rastalari bo‘ylab aylanar ekan, o‘z bolaligini eslaydi. Qozog‘istonda yoshlik yillari o‘tgani uchun bu taomlar uning uchun ekzotika emas, balki kundalik hayotning bir qismi bo‘lgan.Foto:  The Guardian‘‘Manti onam menga tayyorlashni o‘rgatgan ilk taomlardan biri bo‘lib, u xamirni shunchalik keng va yupqa yoyardiki, ichiga solingan masalliqni ushlab tura olar, lekin yirtilmasdi. Go‘yoki onam bu jarayonda sehrgardek tuyilardi. Menga gazli yoki juda shirin ichimliklar kamdan-kam ruxsat etilardi, ammo bog‘imizdagi meva va rezavorlardan tayyorlangan uy kompoti bundan mustasno edi. Chak-chakni hech qachon mukammal tayyorlay olmaganman, lekin do‘kondan olingani doimo yoqimli bo‘lib tuyulgan,’’ — deya xotiralarini bo‘lishadi muallif.Sobiq ittifoq bo‘ylab tanish ta’mlarYoshi ulg‘aygach, muallif sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan boshqa respublikalar bo‘ylab sayohat qilganini ham xotirlaydi. U Rossiyaning Moskva shahri, Ozarbayjonning Boku, Gruziyaning Tbilisi shaharlaridagi oshxonalar haqida so‘z yuritadi.Foto:  The Guardian“Qayerga bormay, palov va somsani topish mumkinligini bilish menga taskin berardi,” — deya ta’kidlaydi u.Yangi lokatsiya —  West VillageAliyaning bu safargi tashrifi boshqacha. Endi u Bruklinga emas, Manxettenning markaziy va nufuzli hududlaridan biri — West Villagega yo‘l oladi. Bu hamon AQShning Nyu-York shtati, Nyu-York shahri hududi. U yerda yangi “Tashkent Supermarket ochilgan. Metroga yaqin, san’atkorlar, blogerlar va influencerlar orasida mashhur joy. Muallif fikricha, bu filial Markaziy Osiyo oshxonasini faqat diaspora uchun emas, balki keng amerikalik auditoriya uchun ham ochib beradi. O‘tgan bahordan beri food-blogerlar do‘konni ijtimoiy tarmoqlarda faol targ‘ib qilib keladi. Natijada ilgari kam tanilgan taomlar endilikda qiziquvchan nyu-yorkliklar uchun “albatta tatib ko‘rilishi kerak” bo‘lgan ovqatlarga aylangan.Foto:  The GuardianDiqqat markazda — issiq ovqatlar bo‘limiEng mashhur joy — issiq ovqatlar bo‘limi. Bu yerda zira va sabzi bilan pishirilgan palov, ichiga go‘sht yoki kartoshka solingan, juda yupqa va qat-qat xamirli, ustiga qora kunjut sepilgan somsalarni xarid qilish mumkin. Hatto Nyu-York shahar meri etib saylangan Zohran Mamdani ham Toshkent mantisi haqida ijobiy fikr bildirgan.“Toshkent Supermarket”  tarixiMuallif supermarket tarixiga ham nazar tashlagan va do‘kon asoschilari bilan suhbat qurgan. Tarmoq asoschilari Odiljon Tursunov va uning oilasi 2000-yillarning boshida AQShga kelganida, o‘zbek noni va halol kolbasalarni topa olishmagani gapirib berishadi. Va bu ularni 2012-yilda, “Sendi” dovulidan keyin, Nyu-York shtatining Koni-Aylend (Coney Island) hududida birinchi “Toshkent”  do‘konini ochishga undaydi va unga O‘zbekiston poytaxti nomini berishdi.Foto:  The GuardianYillar davomida bu biznes bitta savdo nuqtasidan Nyu-Yorkda beshta filialga, shuningdek Nyu-Jersida ulgurji kolbasa kompaniyasi va so‘yish majmuasiga ega bo‘lgan yirik tarmoqqa aylandi.Muallif Markaziy Osiyo oshxonasining tarixiy ildizlariga ham alohida to‘xtaladi.“Tarixan hozirgi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududlarida yashagan xalqlar ko‘chmanchi bo‘lib, asosan go‘sht va sut mahsulotlariga boy taomlarga tayanishgan. Hozirgi O‘zbekiston va Tojikiston hududlarida esa o‘troq aholi sabzi, guruch va zira kabi ekinlarni yetishtirgan. Bir paytlar Ipak yo‘lining markazi bo‘lgan bu mintaqaning oshxonasiga Xitoy va Eronga yaqinlik ham ta’sir ko‘rsatgan. Ammo taomlar tarkibini tubdan o‘zgartirgan eng muhim omil 1922-yilda Sovet Ittifoqining tashkil topishi bo‘ldi. Qariyb 70 yil davom etgan bu hukmronlik nafaqat rus va slavyan taomlarini Markaziy Osiyoga yoydi, balki oziq-ovqat tanqisligi, qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar va xo‘jaliklarning kollektivlashtirilishi orqali odamlar moslashishga majbur bo‘lgan holda mintaqa ta’mlarini ham butunlay o‘zgartirdi,” — deya qayd etadi u.Xaridorlar nigohidaJurnalist Aliya maqolasida do‘kon bo‘ylab aylanib yurgan xaridorlarni ham suhbatga chorlagani va ularning fikrlarini tinglagani yozadi.Foto:  The GuardianQozog‘istonlik muhojir Aziz Muzdibayev oilasi bilan West Village hududidagi “Toshkent Supermarket” filialiga kelganida, birinchi bo‘lib narxlardagi farqni sezgani va u yerda chegirmalar Bruklindagi Brighton Beach filialiga qaraganda kamroqligi haqida so‘z yuritadi.“Vatanimiz taomlarini sog‘inganimizda va tanamiz o‘sha taomlarni xohlaganda, biz Brighton’ga borib bir porsiya palov va bir-ikki dona ayron olib, so‘ng dengiz bo‘yida oila bilan vaqt o‘tkazishni yoqtiramiz.”Brend va faxr hissi2019-yil holatiga ko‘ra, sobiq Sovet respublikalaridan kelgan 1,2 milliondan ortiq kishi AQShda yashaydi. Tashkent supermarketlar tarmog‘ining muvaffaqiyatining bir qismi uning Bruklin va Kvins tumanlarida, ya’ni Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar — qozoqlar, qirg‘izlar, o‘zbeklar, tojiklar va turkmanlar, shuningdek Sharqiy Yevropadan kelganlar ko‘p yashaydigan hududlarda filiallarni strategik tarzda ochgani bilan bog‘liq.Foto:  The GuardianToshkent supermarketlar tarmog‘ining buxgalteriya va kadrlar bo‘limi rahbari Misa Xayriddinova uchun esa “Toshkent supermarketi”ning kundalik hayotga kirib borayotgani alohida ramziy ahamiyatga ega. U ko‘chada odamlar qo‘lida do‘konning o‘ziga xos yashil xarid sumkalarini ko‘rishni katta faxr deb biladi.“Markaziy Osiyo haqida ko‘pchilik bilamaydi. O‘zbek madaniyati va taomlarining qanchalik darajada mazzali ekanligini hamda haqiqiyligini birinchi bo‘lib tanishtirayotgan brend bo‘lish biz uchun juda quvonarli,” — deydi u.