Foto: ottonova.deJoriy yilning 8-aprelidan Buyuk Britaniyada vizalarni rasmiylashtirish bo‘yicha to‘lovlar o‘rtacha 6,5 foizga oshadi. O‘zgarishlar deyarli barcha turdagi vizalarga ta’sir qiladi. Biroq ayrim toifalar — iste’dodli mutaxassislar, innovatorlar va investorlar uchun vizalar (Tier 1 Investor, Global Talent, Innovator Founder), shuningdek biometrik yashash guvohnomasini (BRP) almashtirish uchun beriladigan kirish vizalari bundan mustasno bo‘ladi.Sayyohlik vizasi (Visit visa) uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish narxlari vizaning amal qilish muddatiga qarab quyidagicha bo‘ladi: 6 oylik — 135 funt, 2 yillik — 506 funt, 5 yillik — 903 funt, 10 yillik — 1128 funt.Buyuk Britaniyadagi xususiy maktablar, kollejlar va universitetlarda tahsil oluvchi xorijiy talabalar uchun talabalik vizasi narxi 524 funtdan 558 funtga oshiriladi.Shuningdek, vizasiz kirish huquqiga ega mamlakatlar fuqarolari uchun joriy etilgan elektron ruxsatnoma — ETA ham qimmatlashadi: endi u 16 funt o‘rniga 20 funtni tashkil etadi.Qolgan vizalar bo‘yicha yangilangan tariflar Buyuk Britaniya hukumati rasmiy saytida e’lon qilingan.