O‘zbekiston Migratsiya agentligi 6-avgust kuni xalqaro qidiruvda bo‘lgan sobiq xodimi Azizbek Toshtemirovning so‘nggi bayonotlariga javoban katta hajmdagi munosabat e’lon qildi. Unda Agentlik Toshtemirov tarqatayotgan ma’lumotlarni «norasmiy va haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan» deb baholadi.Menosabat Toshtemirov avvalroq ko‘targan «Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq 90 million dollarlik korrupsion sxemadagi pul qayerda?» degan savolga javob izlashdan boshlanadi. Biroq Agentlik maqolasining asosiy qismi 90 million dollarning harakati yoki ushbu summaning qanday hisoblab chiqilganiga emas, Toshtemirovning o‘z daromadlari, mol-mulki va unga nisbatan tushgan murojaatlarga bag‘ishlangan.Agentlik: Toshtemirov besh yilda 1,8 milliard so‘m ish haqi olganMigratsiya agentligining ma’lum qilishicha, Azizbek Toshtemirov 2020–2025-yillarda migratsiya tizimida turli lavozimlarda ishlagan.Agentlik tasarrufidagi hujjatlarga tayanib, ushbu davr davomida unga jami 1 milliard 833 million so‘m, Agentlik hisob-kitobiga ko‘ra taxminan 153 ming AQSH dollari miqdorida ish haqi to‘langanini bildirgan.Shundan so‘ng Agentlik Toshtemirov va uning yaqinlari nomidagi mol-mulklar qiymati uning qonuniy daromadlaridan «bir necha barobar yuqori» ekanini da’vo qiladi.Agentlik bu xulosani korrupsiyaga qarshi kurash doirasida ayrim xodimlar faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan «dastlabki o‘rganish» natijasi sifatida keltirmoqda. Biroq publikatsiyada mazkur o‘rganishning dalolatnomasi, hisob-kitobi yoki mol-mulklarni baholashga asos bo‘lgan birlamchi hujjatlar e’lon qilinmagan.«Kamida 7 ta yirik ko‘chmas mulk»Agentlikning eng jiddiy da’volaridan biri Toshtemirov va uning yaqin qarindoshlari nomidagi ko‘chmas mulklarga tegishli.Rasmiy bayonotda 2023–2025-yillarda Toshtemirovning o‘zi, onasi va turmush o‘rtog‘i nomiga kamida yettita yirik ko‘chmas mulk obyekti xarid qilingani aytiladi.Agentlik, jumladan:2025-yilda Piramit Tower majmuasidan 110 va 50 kvadrat metrlik ikkita xonadon;2024-yilda Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi 1 200 kvadrat metr yer maydoniga ega hovli;2023-yilda Toshkentning Chilonzor tumanida to‘rtta xonadon rasmiylashtirilganini bildirgan.Agentlik ushbu ko‘chmas mulklarning umumiy qiymatini kamida 1,5 million dollar yoki 19 milliard so‘m deb baholagan.Ammo publikatsiyada ushbu 1,5 million dollarlik baho qaysi usul bilan hisoblangani ko‘rsatilmagan. Masalan, sotib olish shartnomalaridagi narxmi, bozor qiymatimi yoki boshqa baholash usuli qo‘llanganmi — ochiqlanmagan.Shuningdek, mol-mulklarning kredit, ipoteka, oldingi mol-mulkni sotish, qarindoshlarning mustaqil daromadlari yoki boshqa qonuniy manbalar hisobidan moliyalashtirilgan yoki moliyalashtirilmagani haqida ma’lumot berilmagan.Shu sababli Agentlikning mazkur ma’lumotlarini hozircha davlat organining da’vosi sifatida baholash to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning o‘zi mol-mulk noqonuniy yo‘l bilan orttirilganini isbotlamaydi.Toshtemirov javob berdi7-avgust kuni Azizbek Toshtemirov Agentlikning mulk haqidagi bayonotiga javob berdi. U Piramit Tower’da xonadoni yo‘qligini va mazkur majmua yaqinidagi boshqa uyda yashashini bildirdi.Toshtemirov o‘zining hozirgi xonadonini 2020-yil may oyida, Migratsiya agentligiga ishga kirishidan avval sotib olganini aytib, buning isboti sifatida «Zarafshon Building» kompaniyasining 2020-yil 27-maydagi kvitansiyasini e’lon qildi.Taqdim etilgan hujjatda 2020-yil 27-maydagi shartnoma, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 42-uydagi xonadon va 665 million so‘mlik to‘lov ko‘rsatilgan.Bu hujjat, agar uning haqiqiyligi tasdiqlansa, kamida 2020-yilda mazkur manzildagi xonadon bo‘yicha shartnoma va to‘lov mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi.Biroq kvitansiyaning o‘zi Agentlikning «2025-yilda Piramit Tower’dan ikkita boshqa xonadon olingan» degan da’vosini avtomatik tarzda inkor qilmaydi. Buning uchun tegishli xonadonlarning kadastr ma’lumotlari va oldi-sotdi hujjatlarini solishtirish zarur.Toshtemirov Andijondagi hovli bo‘yicha ham izoh berib, bu uning bolaligidan yashagan ota hovlisi ekanini va otasi keyinchalik uni uning nomiga o‘tkazganini aytdi.Shu bilan birga, Toshtemirov 7-avgustdagi javobida Agentlik tilga olgan Chilonzor tumanidagi to‘rtta xonadon bo‘yicha batafsil izoh bermagan.Mingga yaqin shikoyat bo‘lganmi?Migratsiya agentligi yana bir muhim statistikani e’lon qildi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, 2022–2025-yillarda Janubiy Koreyaga ishga yuborish jarayonlaridagi ehtimoliy qonunbuzarlik va noxolisliklar yuzasidan Agentlikka mingga yaqin murojaat kelib tushgan.Agentlik ularning «ma’lum qismi» bevosita Toshtemirov faoliyatiga oid bo‘lganini va huquqiy baho talab qilgan materiallar vakolatli organlarga yuborilganini bildirgan. Ammo «ma’lum qismi» nechta murojaat ekaniga aniqlik kiritilmagan.Shuningdek:Toshtemirovga tegishli shikoyatlar soni;ulardan nechtasi tasdiqlangani;nechtasi rad etilgani;nechtasi bir xil holat bo‘yicha takroriy murojaat ekani;qancha material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgani;ular bo‘yicha qanday huquqiy qarorlar qabul qilinganiochiqlanmagan.Mazkur statistika jamoatchilik uchun ahamiyatli bo‘lgani sababli, Agentlik ushbu ma’lumotlarni shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmagan holda umumlashtirilgan shaklda e’lon qilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi.Agentlik eski tizimda «jiddiy tizimli muammolar» bo‘lganini tan oldiMigratsiya agentligining 6-avgustdagi bayonotida yana bir e’tiborga molik fikr mavjud. Agentlik 2024-yil oktнabridagi qayta tashkil etishdan so‘ng Koreyaga tanlov tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilganini bildiradi. Unga ko‘ra, 2025-yilda EPS-TOPIK testlari o‘tkazilmagan, 2026-yilda esa imtihonlar ilk bor Bilim va malakalarni baholash agentligi bazasida, Migratsiya agentligining komplayens nazorati ostida tashkil etilgan.Eng muhimi, Agentlik Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik va korrupsiya holatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘nggi xabarlarini tilga olib: «mazkur sohada avvalgi yillarda jiddiy tizimli muammolar mavjud bo‘lgan», degan xulosani bildirgan.Bu Migratsiya agentligining o‘z rasmiy bayonotida Koreya yo‘nalishida avval jiddiy tizimli muammolar bo‘lganini tan olishi sifatida e’tiborga loyiq.Effect.uz videosidagi yangi da’volarAgentlik o‘z ьгтўқфифешпф Effect.uz tomonidan avval e’lon qilingan videodan ham parcha qo‘shgan. Videodagi suhbatdosh Koreyaga ishga borish jarayonida ayrim fuqarolar Toshtemirov bilan bog‘liq vositachilarga pul berganini da’vo qiladi. U, shuningdek, 2023-yildagi bir imtihonda ayrim nomzodlar 40 ball to‘play olmagach, bir kunning o‘zida ikki-uch marta qayta imtihonga kiritilib, o‘tish balini olguncha urinish imkoniga ega bo‘lganini aytadi. Bu juda konkret va tekshirish mumkin bo‘lgan da’vo.Agar ushbu holat tekshiriladigan bo‘lsa, HRD Korea va o‘sha davrdagi Agentlikdan:imtihon qatnashchilari ro‘yxati;har bir nomzodning urinishlari;test natijalari;imtihonga kirish qaydlari;qayta topshirishga ruxsat beruvchi qoidalar;yakunda Koreyaga yuborilgan nomzodlarning ma’lumotlari olinishi kerak.90 million dollar baribir qayerda?Migratsiya agentligining publikatsiyasi aynan 90 million dollarlik korrupsion sxema haqidagi savoldan boshlanadi. Lekin Agentlik javobida:90 million dollar qanday hisoblangan;pulni kimlar bergani;kimlar olgani;qancha fuqaro jabrlanuvchi deb topilgani;mablag‘ qanday zanjir orqali harakatlangani;har bir gumon qilinayotgan shaxsga qancha summa bog‘lanayotgani;pulning qanchasi topilgani yoki qaytarilgani haqida ma’lumot berilmagan.Agentlik faqat OAVda e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 90 million dollarlik korrupsion sxema yuzasidan sud jarayoni boshlanganini qayd etgan. Shuning uchun Toshtemirov ko‘targan «90 million dollar qayerda?» degan savolga 6-avgustdagi munosabatda to‘liq javob berilmagan. Bu savolga eng aniq javobni, ehtimol, suddagi ayblov xulosasi va tergov organlarining moliyaviy hisob-kitoblari berishi mumkin.Agentlik Toshtemirovning asosiy iddaolariga hali batafsil javob bermaganMigratsiya agentligining 6-avgustdagi munosabatida Azizbek Toshtemirovning o‘zi, uning daromadlari, mol-mulki va faoliyatiga oid qator yangi ma’lumotlar keltirilgan. Biroq Toshtemirov tomonidan avvalroq agentlik rahbariyati yuzasidan ilgari surilgan bir qator konkret va jiddiy iddaolarga bugunga qadar bandma-band, batafsil munosabat bildirilgani yo‘q.Jumladan, Toshtemirov agentlik rahbari Behzod Musayev bilan bog‘liq holda “marmar go‘sht” xaridi, yotoqli maxsus avtomobil masalasi, shuningdek, Musayevning shaxsiy xonadonida xizmat qilgan deb ko‘rsatilgan Nabi Ataxanov va Bahrom Jabbarov amalda agentlikda ishlamagan bo‘lsa-da, agentlik mablag‘lari hisobidan katta miqdorda ish haqi olgani haqida iddaolarni ilgari surgan edi.Bu da’volarning ayrimlari shunchaki umumiy ayblov shaklida emas, balki konkret shaxslar, xarajatlar yoki holatlar tilga olingan holda e’lon qilingan. Shu sababli ularni tekshirish va jamoatchilikka tushuntirish imkoniyati ham mavjud: masalan, tegishli xarid shartnomalari, to‘lov hujjatlari, avtomobilning kimga tegishli ekani va qanday maqsadda foydalanilgani, xodimlarning mehnat shartnomalari, tabel va ish haqi vedomostlari orqali bu iddaolarga aniqlik kiritish mumkin.Xuddi shu holat “marmar go‘sht” va yotoqli avtomobil haqidagi iddaolarga ham taalluqli. Agentlik Toshtemirovning shaxsiy mol-mulki va daromadlariga doir batafsil raqamlarni e’lon qilgan bo‘lsa-da, uning agentlik rahbariyatiga qaratilgan ushbu konkret ayblovlarini hujjatlar asosida tasdiqlash yoki inkor etishga alohida to‘xtalmagan.Bu esa muhim farqni yuzaga keltiradi: Toshtemirovning o‘ziga qarshi yangi iddaolar ilgari surilishi uning agentlik rahbariyati haqida aytgan gaplarini avtomatik ravishda rad etmaydi. Xuddi shuningdek, Toshtemirovning iddaolari ham tegishli tekshiruv va hujjatlar bilan tasdiqlanmaguncha isbotlangan fakt hisoblanmaydi.Shu bois jamoatchilik uchun eng muhim masala — tomonlarning bir-biriga nisbatan shaxsiy ayblovlarini ko‘paytirish emas, balki har bir konkret iddaoga konkret hujjat va tekshiruv natijasi bilan javob berilishidir. Bu, ayniqsa, davlat mablag‘larining sarflanishi va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid da’volarda muhim.Vatandosh voqealar rivojini diqqat bilan kuzatishda davom etadi.