2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 37,5 million kishidan oshdi.Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi. Boshqa millat va elatlarning etnik tarkib boʻyicha eng soʻnggi rasmiy raqamlar 2021-yil 1-yanvar holatiga ko’ra eʼlon qilingan boʻlib, asosiy milliy guruhlar soni quyidagicha:Mamlakatda oʻzbeklar aholining aksarini tashkil etsa-da, boshqa turli millat vakillari ham salmoqli ulushga ega. Eng soʻnggi rasmiy statistikada oʻzbeklar 29,2 mln, tojiklar 1,7 mln, qozoqlar 821 ming, qoraqalpoqlar 752 ming, ruslar 720 ming, qirg’izlar 292 ming, turkmanlar 206 ming, tatarlar 187 ming, koreyslar 174 ming nafarni tashkil qiladi.Millatlarning hududiy tarqalishi quyidagicha:O‘zbeklar: Mamlakatning barcha hududlarida yashaydi, ayniqsa Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ko‘pchilikni tashkil etadi.Tojiklar: Asosan Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida istiqomat qiladi.Qozoqlar: Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashaydi.Qoraqalpoqlar: Asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiladi.Ruslar: Toshkent shahri va viloyati, shuningdek, boshqa yirik shaharlarda yashaydi.Qirg‘izlar: Farg‘ona vodiysi, ayniqsa Andijon va Namangan viloyatlarida yashaydi.Turkmanlar: Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiladi.Tatarlar: Toshkent shahri va viloyatida, shuningdek, boshqa yirik shaharlarda yashaydi.Koreyslar: Asosan Toshkent shahri va viloyatida, shuningdek, boshqa yirik shaharlarda yashaydi.Ukrainlar, ozarbayjonlar, belaruslar: Toshkent shahri va viloyatida, shuningdek, boshqa yirik shaharlarda yashaydi.O’zbekistonning ko’p millatli mamlakat ekanligining tarixiy ko’p asoslari bor. Avvalo, O‘zbekiston qadimdan Sharq va G‘arb, Janub va Shimolni bog‘lovchi muhim yo‘llar kesishgan hududda joylashgan. Ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li davrida Samarqand, Buxoro, Toshkent kabi shaharlarda turli elatlar va millatlar savdo-sotiq, ilm-fan va madaniyat asosida to‘planib, yashay boshlagan. Bu jarayon asrlar davomida etnik rang-baranglikka olib keldi. Ikkinchidan, O‘zbekiston hududi turli imperiyalar — ahamoniylar, arab xalifaligi, turk hoqonligi, temuriylar, Buxoro va Xiva xonliklari, keyinchalik Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan. Har bir bosqichda yangi elatlar bu hududga ko‘chib kelgan yoki shu yerda qolib yashagan. Shuningdek, XX asrda, xususan 1930–1950-yillarda SSSR hukumati siyosati asosida ko‘plab millatlar, jumladan koreyslar, ukrainlar, tatarlar, nemislar, belaruslar, kavkaz xalqlari va boshqalar O‘zbekistonga majburan yoki rejali asosda ko‘chirilgan. Ular asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalarda ishlash uchun joylashtirilgan. Bundan tashqari Sovet Ittifoqi davrida Toshkent, Farg‘ona, Olmaliq, Navoiy kabi shaharlarda yirik sanoat korxonalari tashkil etilgan. Bu korxonalarga ishchi kuchi sifatida turli respublikalardan mutaxassislar va ishchilar yuborilgan. Natijada O‘zbekistonda rus, ukrain, belarus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari soni keskin ortgan.